This work is written in Uzbek. This is for all Uzbeks in the world!O'zbek bolalar adabiyotidagi ilk ilmiy-fantastik asar! Mazkur asar voqealari koinotda kechuvchi oʻtkir syujetlar asosiga qurilgan. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlar qolib, oʻzga sayyoraliklarning eʼtiborini tortadi. Endi u oʻzi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi... Asardan parcha - Ko'rib turganingizday qurilmani odatiy raketa fazoga olib chiqadi, - Ahmad chizmalarni namoyish qildi. Chizmadagi suratlarga qarab bir nimani tushunish qiyin edi. Chunki unda turli matematik belgi va formulalar, geometrik shakllar gʻij-gʻij edi. Ammo bir qarashda bu narsalar judayam malakali muhandis tomonidan tuzilgan chizmaga o'xshab ketardi. - Uchar qurilma raketadan ajralib, - davom etdi qahramonimiz, - kichik energiya evaziga fazodagi gravitatsiya to'lqiniga tushib oladi. Gravitatsiya, yaʼni butun olam tortishish qonunlariga ko'ra buni amalga oshirish mumkin. Nyuton va Eynshteynning gravitatsiya haqidagi nazariyalari ham buni tasdiqlaydi. Gravitatsiya butun olamni harakatlantirib turadigan ko'rinmas kuchdir. Fazoda esa gravitatsiyaning xuddi daryoga o'xshash to'lqinlari bor. Mening kemam ana shu to'lqinga tushib olsa bas, fazoning istalgan nuqtasiga katta tezlikda uchib ketaveradi. - U shunday deb monitorda o'zining hisob-kitoblari tushirilgan chizmani ko'rsata boshladi. - Kvant fizikasining asoslari shuni ko'rsatadiki... - Shoshma, bolakay! - Ahmadning gapini ko'zoynak taqqan hakam to'xtatdi. - To'gʻrisi, bu chizmalar va sening gaplaringga tushunib bo'lmayapti. Sodda qilib aytganda, bu kema fazoda o'z-o'zidan, hech qanday raketa dvigatelisiz harakatlanadi, shundaymi? - Xuddi shunday! Mana, bizning Yer sayyoramiz ham Quyosh atrofida hech qanday dvigatelsiz soniyasiga 30 km tezlik bilan uchib yuradi-ku. Bu to'ppochadan otilgan o'qdan 100-marta tezroq degani, axir! Endi tanlovga yigʻilganlarning bari bir-biriga o'ychan qarab qolishgandi. Zalda "Mushtdek bolaning qulogʻimizga lagʻmon ilishini qarang", "Sal xayolparast bola ekan-mi?", "Gʻirt bo'lmagan gap" kabi pichir-pichirlar ko'payib qoldi. Baʼzilar esa Ahmadga hayrat bilan boqar, ularni uchar qurilma emas balki o'n ikki yoshli bolaning iqtidori ajablantirar edi. - Men hozirda uchar qurilmaning bir gravitatsiya to'lqinidan boshqa bir to'lqinga o'tib, o'z yo'nalishini o'zgartirishi masalasida izlanyapman. - Buning iloji yo'q! - dedi baland ovozda o'tirganlar orasida birov. Eng oxirgi qatordan kelgan bu ovoz egasini izlab hamma orqaga qaradi. Bu bo'ylari past, judayam ozgʻin va xunuk bir odam edi. - Bolakay, nisbiylik nazariyasiga ko'ra, sen aytgan qurilmani fazoga uchirish mumkin, - tushuntira boshladi pakana odam. - Lekin uni boshqarib bo'lmay qoladi. Aniqrogʻi, yerlik muhandislarning malakasi hali bunday qurilma yaratishga ojizlik qiladi. O'zicha bilagʻonlik qilayotgan bu gʻalati odamga hamma taajjublanib qarab qoldi. Bolalar esa yaxshi boshlangan tanlovning bunaqa tus olganiga ko'nika olmay qovoqlarini uyib olishgandi. - Nega endi?! - eʼtiroz bildirdi Ahmad. - Nega desang, yerliklar atom fizikasi va gravitatsiya asoslarini hali unchalik tushunishmaydi. Balki ellik yoki yuz yildan so'ng bu boradagi bilimlaringiz ortib qolar... - Bo'ldi, bas qilinglar, - asabiy holda gapni bo'ldi ko'zoynakli hakam - yerliklar, yerliklar, deysiz... Nima, siz osmondan tushganmisiz?! Hakam shunday dediyu bir nuqtaga qarab, qotib qoldi. Chunki hozirgina odamlar orasida unga angrayib qarab turgan mahmadona odam xuddi yer yutganday gʻoyib bo'lgandi. U ko'zoynagini yechib, ko'zlarini ishqalab tagʻin razm soldi - pakana odam haqiqatan ham yo'q edi. Hakam chuqur xo'rsinib joyiga o'tirarkan, stol ustidagi suvga qo'lini uzatib bir-ikki qultum suv ichdi. So'ng ayb ish qilib qo'ygan boladay boshini egib
ThriftBooks sells millions of used books at the lowest
everyday prices. We personally assess every book's quality and offer rare, out-of-print treasures. We
deliver the joy of reading in recyclable packaging with free standard shipping on US orders over $15.
ThriftBooks.com. Read more. Spend less.